
Navoiyda tahqirlangan shifokorlar. Prokuraturaning tezkor javobi, IIB raddiyasi va «Xabar.uz» izohi...
Kuni kecha saytimizda Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida «Tez yordam» shifokorlarining tahqirlanishiga oid videotasvir va kulchadek maqola e’lon qilinishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi shov-shuv yuzaga kelgan bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining (yaxshi ma’noda) paytavasiga qurt tushdi.