Shoiraxon Egamova O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi
Andijonga kelin bo‘lib tushgan Shoiraxon Egamova 30 yildan buyon fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomida yashayotgani, pasporti yo‘qligi uchun 10 yildan beri bor-yo‘g‘i 100 km narida, Qirg‘izistonda yashovchi keksa onasini ko‘rgani bora olmasligi haqida Senat raisi Tanzila Norboyevaga murojaat qilgandi.