O‘ktam Barnoyev Olot tumani hokimi va fermerni yarashtirib qo‘ydi
«Xabar.uz»da «Olot tumani hokimi fermerni do‘pposladi. “Men uni o‘z shaxsiy manfaatim yo‘lida urmadim”, deydi hokim» sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Bugun, 15-yanvar kuni Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev maqolada keltirilgan holat yuzasidan Olot tumani faollari bilan uchrashdi.
Olot tumani hokimi fermerni do‘pposladi. «Men uni o‘z shaxsiy manfaatim yo‘lida urmadim», deydi hokim
Buxoro viloyati Olot tumani hokimi Sherali Salomov «Shuhrat» fermer xo‘jaligi rahbari Orif Durmatovni ko‘pchilik oldida urib, do‘pposlab, huquqlarini toptab, fermerlik hisob raqamidagi 25 million so‘m mablag‘ni boshqa maqsadlarga yo‘naltirishga majburlaydi...