
Yosh shoir xotiralari: Shavkat Rahmon maktabi
Qanchalik og‘ir o‘ylar bosimida borgan bo‘lsam, u kishining oldidan shunchalik yengil bo‘lib chiqdim. Hatto qushday uchib ketishgayam tayyor edim.

Bugun Shavkat Rahmon tug‘ilgan kun. O‘zbekning «o‘jar shoiri»!
Shavkat Rahmon 1950-yilning 12-sentyabrida O‘sh viloyatining Qorasuv tumanida dunyoga keldi. Vafoti esa 1996-yilning 2-oktyabrida Toshkentda ro‘y berdi. O‘tgan 46 yillik umri davomida asrlarga tatigulik ijod qilib ketdi.