Toshkentda «Regapen», «Selofen» va «Tropikamid» sotgan dorixona rahbarlari qo‘lga olindi
DXX va IIV xodimlari hamkorligida Toshkent shahar Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «YeVRO MED FARM» MChJga qarashli dorixonada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi yo‘lga qo‘yilganligi fosh etildi. Ushbu dorixona ko‘zdan kechirilganda 364 dona «Regapen», 85 dona «Selofen» va 13 dona «Tropikamid» dori vositalari noqonuniy saqlanayotganligi aniqlanib,