
«Ikkinchi to‘lqin»: AQSh koronavirusning gripp bilan ittifoqidan xavotirda
Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakati koronavirusning eng og‘ir imtihonidan o‘tyapti: jahon bo‘yicha koronavirus 2,5 milliondan ortiq insonda aniqlangan bo‘lsa, shulardan har uchinchisi — amerikalik. Mamlakatda virus qurbonlari soni bitta shahar aholisiga tenglashib qoldi — 43 343 nafar.