Italiyalik dizayner «o‘lchamsiz» oyoq kiyimini ixtiro qildi
Italiyalik dizayner bolalar va o‘smirlar uchun «o‘lchamsiz» krossovkalar modelini ishlab chiqdi. Ular bolaning oyoqlari o‘sishi bilan osongina kattalashishi mumkin. Ya’ni, krosovkalar 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ota-onalar har yili ular uchun yangi poyabzal sotib olishlari shart bo‘lmaydi.