«O‘sadigan» boshmoqchalar yoxud kichiklashgan qadr-qimmat
Birinchi voqea: Surxondaryoning Qiziriq tumanidan Gulnoza ismli ayol ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan video xabar ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘ldi. Ayol uch yarim yoshli qizi Shahrizodaning yurak parogini davolatish maqsadida Toshkent shahridagi xususiy klinikada operatsiya qildiradi.