Dori sotib olayotganda chuv tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak?
Biz sifatli mahsulot sotib olish ilinjida, ishonchli va sifatli dori-darmon qidirib dorixonalarga murojaat qilamiz. Biroq, dorixonalar javonlarida taqdim etilayotgan tovarlarning sifati va sertifikatiga har doim ham ishonavermaysiz. Harchand urinmaylik, vaqti-vaqti bilan soxta yoki muddati o‘tgan mahsulot sotib olish xavfiga duch kelamiz.