
Italiyada «asr sudi» boshlandi: qora kursida — mafiya a’zolari, siyosatchilar, politsiyachilar, sobiq deputatlar, merlar...
Sud majlislari xavfsizlik choralari o‘ta kuchaytirilgan muhitda, maxsus jihozlangan uch ming kvadrat metrlik bunkerda o‘tmoqda. Qora kursida o‘tirganlar — 300 dan ziyod kishi, ular orasida janubiy Italiya aholisini qo‘rquvga solib kelgan qudratli jinoiy tashkilot «Ndrangeta» bosslari ham bor. Ne qilmishlari ularni bu yerga keltirdi?