Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

musofir — muhojir — migrantning noni

19/01/2018

2005-yili universitetni bitirgach, propiskam muddati ham tugadi. Cho‘zdira olmadim — ishimdan bo‘shatishdi. 3-4 oy rosa ish qidirdim — propiskasiz qabul qilishmadi. U paytlar internet bugungidek emas, onlayn ish topish ham imkonsiz edi. Tengdoshlarim kabi Rossiyaga ketishga qaror qildim.