
Hamma tez va oson yo‘lni izlaydi – bu nima uchun xato?
Hozirgi kunda «tez boyish», «bir kunda millioner bo‘lish», «sirli formulalar» va shunga o‘xshash va’dalar bilan to‘la reklama va motivatsion mashg‘ulotlar ko‘payib ketdi. Hatto, munosabatlardagi konfliktli vaziyatlarni tez va oson bartaraf qilish taklifi bilan chiqayotgan «hamkasblar»imiz ham juda ko‘p.