Ahmadboy va Mavrodi: qay biri kuchli?
Mavrodi kuniga o‘rtacha 50 million dollardan foyda olgan (qiyoslash uchun: o‘sha paytlarda Toshkentdagi o‘rtacha kvartiralar narxi 2-3 ming dollar bo‘lgan). Barcha moliyaviy ehromlar singari «MMM» ham pufakdek yorildi va deyarli barcha omonatchilarini xonavayron qildi. Odamlar dod solib ko‘chalarga chiqdi va hammasi uchun Mavrodi bilan birga hukumatni ham la’natlay boshladi. Bor-budidan ayrilgani uchun ellikdan ortiq odam o‘z joniga qasd qildi.