
Yurakka o‘q uzar bir nokas
Uzoq yillik oshnangni qo‘yib yuborging kelarmidi! Qo‘yarda qo‘ymadim. Shunda hamxonam – «Mo‘minboyev» og‘zining tanobi qochganicha tirjayib menga so‘z qotsa bo‘ladimi: – E, namuncha «qo‘qoncha manzirat» qilasiz? – dedi u menga. – Axir, ich-ichingizda do‘stingizning ketishini xohlab turibsiz-ku! Palovxonto‘ra emish tag‘in!