
Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23-mart kuni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynni Pokiston kuni bilan tabrikladi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerak, 1956-yil 23-mart kuni Pokiston Islom Respublikasi sifatida tan olingan bo‘lib, shundan beri ushbu kun milliy bayram sifatida nishonlanadi.