O‘zbekiston bojxona bo‘yicha xalqaro konvensiyaga qo‘shildi
«Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973-yil 18-may, 1999-yil 26-iyunda qabul qilingan o‘zgartirishlar bilan) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ-654-son, 21.12.2020 y).