«Salimboy»dan yordam so‘ragan qirg‘iz deputati qamoqqa olindi
Bishkek shahrining Pervomayskiy tuman sudi Qirg‘iziston parlamenti deputati Emil Jamg‘irchiyevni bir oy muddatga hibsda saqlash haqida qaror qabul qildi. U 26-fevralgacha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatorida saqlanadi.