
Sherzod Shermatov: «O‘zbekistonda fanga ajratilgan mablag‘ dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 11 barobar past»
O‘zbekistonda ilmiy izlanishlarga ajratilayotgan mablag‘larning Yalpi ichki mahsulotdagi (YIM) ulushi atigi 0,2 foiz, bu esa dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 11 barobar, Koreya Respublikasinikidan 22 barobar kamdir.