1-iyuldan boshlab davlat subdomenidagi saytlarga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olinmaydi
Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat subdomenida (gov.uz) joylashtirilgan axborot resurslariga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olmaslik tavsiya etildi.