Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligi qizlarning ginekologik tekshiruvdan o‘tkazilishiga izoh berdi

27/04/2018

Hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda. Ammo ayrim xorij internet nashrlarida ushbu tibbiy ko‘riklar xususida noxolis axborotlar tarqatilayotir. Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati noaniq manbalardan olingan va turlicha talqin etilayotgan axborotlarga oydinlik kiritdi.