![](https://static.xabaruz.com/crop/6/4/250_160_95_646111872.jpg)
«fikrsizlik fojeasi...»
Sir emas, yashirishning hojati yo‘q, so‘nggi yigirma besh yil davomida bir kimsaning majlisda o‘rnidan turib yoki minbarga chiqib, «menda taklif bor, agar qabul qilinsa, xalqimiz davlatimiz uchun yanada yaxshiroq bo‘ladi» deganini hech eshitmadik. Bu ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan gap bo‘lardi. Chunki fikr aytish, taklif kiritish, tashabbus ko‘rsatish huquqi bir kishining monopoliyasi bo‘lib, boshqalar bunga daxl etolmas, ularga gulduros qarsaklar chalish huquqi berilgan edi, xolos.