«Reestr.uz endi faqat «spravochnik» bo‘lib qolmaydi» — Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi bo‘limi boshlig‘i
Elektron hukumatimiz aynan shu maqsad sari qadam qo‘ygan. Bundan 5-6 yil oldin shoshilinch, tezlashtirilgan holda ishlab chiqilgan Reestr.uz sayti shu vaqtgacha faqat ma’lumot olish vazifasini o‘tagan bo‘lsa, endi u orqali davlat tashkilotining pasportini, konsepsiyasini, texnik topshirig‘ini elektron qabul qilish, onlayn kelishish, masofadan xulosa berish va joriy etish mumkin.