
Oromkursida uchgan qariya yoki antiqa mukofot jafokashlari
«Darwin Awards» haqida eshitganmisiz? Bu virtual mukofot bema’ni tarzda halok bo‘lgan yoxud zurriyod ko‘rish layoqatini yo‘qotgan kishilar uchun ta’sis etilgan. Yana bir sharti: mukofotga tavsiya etilganlarning qarindoshlari bo‘lmasligi kerak.