
O‘zbekistonga eng ko‘p kelayotgan mehmonlar
Bir necha yil avval qo‘shnilar bilan chegaralarimiz deyarli yopiq, aloqalarimiz sust edi. Hatto aholi chegara ortidagi yaqinlari, qarindoshlari bilan uchrashishda muammolarga duch kelishardi. Bu yopiqlik qardoshlar o‘rtasidagi aloqalarnigina emas, balki iqtisodiy va madaniy rivojlanishni ham qiyinlashtirayotgandi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsolini ochdilar
Ushbu yodgorlik qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yangi ramzi bo‘ladi.

Katta miqdordagi xorij valyutasining O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan «Navoiy» chegara-bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston ikki qo‘shnisi bilan chegaralarning tutash nuqtasi to‘g‘risida bitim tuzishi mumkin
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida davlat chegarasi tutash punkti to‘g‘risida shartnoma imzolanadi.

Tojikiston va Qirg‘iziston chegara masalasida nihoyat kelishuvga erishdi
Bugun, 13 mart kuni Bishkek shahrida Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan chegara to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Ayrim shaxslarning O‘zbekistondan chiqib ketishini vaqtincha cheklash rejalashtirilyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida Jinoyat protsessida majburlov choralari institutini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

«G‘ishtko‘prik» chegara posti qachongacha yopilishi ma’lum bo‘ldi
Cheklov mazkur postdagi ulkan qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi aholi punktlari ko‘chiriladi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Kabar» nashriga bergan intervyusida Tojikiston tomoni bilan chegara masalasi amalda hal etilgani, hozirda hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ikki tomonlama ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

Qozog‘iston bilan chegara punktida cheklov o‘rnatildi
Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining «Tajen» (Qozog‘iston) – «Dovut ota» (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punkti orqali harakati uzluksiz davom ettiriladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida «Navoiy-Qoplonbek» nazorat-o‘tkazish punkti ochildi
O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan «G‘ishtko‘prik» nazorat-o‘tkazish punkti (Qozog‘iston tomonida «Jibek joli» punkti) vaqtincha yopiladi. Bu ushbu nazorat-o‘tkazish punktida olib borilayotgan modernizatsiya qilish ishlarining yakunlanishi bilan bog‘liq.

Pentagon noqonuniy migratsiyaga qarshi Meksika chegarasiga 10 ming askar yuboradi
Bu haqda The Washington Post gazetasi AQSh bojxona va chegarani himoya qilish xizmati (USCBP) hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.

Samarqand shahrining chegarasi o‘zgarmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

Abdulla Aripov davlat chegarasi bo‘yicha ikki qo‘shni davlat bosh vazirlari bilan uchrashdi
Tomonlar ushbu uchrashuv uch davlat rahbarlari o‘rtasida davlat chegarasi masalalari bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlar doirasida o‘tkazilayotganini, ular hamkorlik va mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash istagini doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta’kidladilar.

Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralari bo‘yicha ishlarini to‘liq yakunladi
Qirg‘iziston va Tojikiston qirg‘iz-tojik davlat chegarasining qolgan uchastkalarini tavsiflash ishlarini to‘liq yakunladi.

chegarada o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklangan: aybdorni Qozog‘iston politsiyasi qidiryapti
Joriy yil 3-noyabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi (Qozog‘istonning Turkiston viloyati, Sariyog‘och tumani) «S.Najimov – Kazigurt» nazorat-o‘tkazish punktida o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklangan. Transport vazirligi mazkur holat bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligi va boshqa tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borilganini ma’lum qildi.

chegara postida yo‘lovchining sumkasidan 3 metrlik ilon chiqdi
3 metr uzunlikdagi mazkur ilon dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lbarssimon albinos bo‘g‘ma iloni bo‘lib, asosan Janubiy va Janubiy-sharqiy Osiyoda yashaydi.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yana ikkita bojxona posti ochildi
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan «Qorasuv» chegara bojxona posti 14 yillik tanaffusdan so‘ng yana o‘z faoliyatini qayta tikladi.

Toshkent viloyatining Namangan va Sirdaryo viloyatlari bilan chegaralarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin
Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taklif etilgan qaror loyihasi taqdimotida ma’lum qilindi.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yuk tashishni nazorat qiluvchi pilot loyihasi ishga tushirilyapti
Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegarasida yuk tashishda elektron navbatni boshqarish tizimi pilot loyihasi ishga tushirilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi ma’lum qildi.

Afg‘oniston hukumati O‘zbekiston bilan chegarasi suv toshqinlari sabab yuvilib ketganini aytmoqda
Suv toshqinlari sababli Afg‘onistonning Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan o‘rtasidagi chegaralarini suv yuvib ketgan av ayni paytda qayta chegaralash bo‘yicha yangi strategiya e’lon qilingan.