«Orol turizmi» – Stalinni qiziqtirgan qal’alar siri, tabiat va bug‘u
Dunyo ulkan o‘zgarishlar ostonasida turgan, yetakchi mamlakatlar esa yaqinlashib kelayotgan urushga tayyorgarlik ko‘rish bilan band edi. Mana shunday vaqtda tarixchi olim Sergey Tolstov sobiq ittifoqni idora etib turgan Stalinning huzuriga qadimgi Xorazm davlatiga tegishli bo‘lgan qal’alarni tadqiq etish taklifi bilan kiradi. Garchi vaziyat og‘ir bo‘lishiga qaramasdan Stalin bu taklifga rozilik beradi, chunki Xorazm zaminida ulkan boylik yashirinib yotganiga u ishonardi.