Blogerlar chempionatining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing (foto + video)
Shu yilning 12-aprelida start berilgan Blogerlar chempionati yakuniga yetgani haqida xabar bergan edik. Shu yilning 14-iyun — Xalqaro blogerlar kuni «Lotte City» mehmonxonasida Blogerlar chempionatining g‘olib va sovrindorilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Blogerlar chempionatining finalida kutilmagan intriga kelib chiqdi. Natijalar ma’lum
Shu yilning 12 aprelida O‘zbekiston blogerlari chempionatiga start berilgan edi. Chempionatning 3-10-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan final bosqichiga 21 ta ijodiy ish kelib tushdi.
Mehnatning tagi mehnat. Rohat qachon?
Xodimlarning qadr-qimmati yetarlicha ta’minlanmagan, qilgan mehnatiga yarasha rag‘batlantirilmaydigan (qonuniy yo‘l bilan, albatta) jamiyat rivojlanmaydi. Yoki bir joyda depsinib turaveradi, yoki orqaga ketadi.
Bizga turli ittifoqlar kerak
Ushbuni «to‘y korteji» mojarosi chiqmasdan avval yoza boshlagan edim. So‘nggi voqealardan keyin kampaniyaga qo‘shilmaslik nuqtai nazaridan postni e’lon qilmaslik kerak degan fikrga bordim-u, ammo boshqa narsa yozishga ulgurmadim. O‘qiyotganda shu holatni e’tiborga olib qo‘yasizlar degan umiddaman.
Blogerlar chempionatining finalchilari aniqlandi
Hakamlar hay’ati ikkinchi bosqichga kelib tushgan ijodiy ishlarni baholashni yakunladi.
«Birinchilarga doim qiyin bo‘lgan» — deputat Blogerlar chempionati haqida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Ziyo shu kunlarda o‘tkazilayotgan Blogerlar chempionati haqida o‘z mulohazalarini bayon etdi.
Blogerlar chempionatining ikkinchi bosqichi yakunlandi
Shu yilning 12-aprelida O‘zbekiston blogerlari chempionatiga start berilgan edi. Chempionatning 22–31-may kunlari bo‘lib o‘tgan 2-bosqichiga 64 ta ijodiy ish (matnli, foto, videobloglar) kelib tushdi. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 11 nafar bloger bu bosqichdan qatnashmadi.
Imkoniyati cheklangan insonlarni boshqa imkoniyatlardan chetlashtirmang, iltimos!
Musobaqada O‘zbekiston bayrog‘i yuqori ko‘tarildi, davlatimiz madhiyasi yangradi. O‘zbekiston degan makon, ushbu yurtdan qancha buyuk insonlar chiqqanini, yosh va kuchli, iqtidorli yigit-qizlar borligini butun dunyoga yana eslatishdi. Ammo vatanga qaytgach, ular aeroportda xuddi yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionlaridek kutib olinmadi, ulardek «Malibu» avtomobillari berilmadi.
Blogerlar chempionatining birinchi bosqichi yakunlandi. Ikkinchi bosqichga o‘tish kvotasi oshirildi!
Shu yilning 12-aprelida O‘zbekiston blogerlari chempionatiga start berilgan edi. Chempionatning 1-bosqichiga 387 ta ijodiy ish (matnli, foto, videobloglar) kelib tushdi.
Nima(ga) kerak ma’naviyat?
Shu kunlardagi internetda aylanib yurgan mavzu asosida yozildi. Ma’naviyatchilar o‘qimasin.
«YuNESKO» vakolatxonasi Blogerlar chempionati uchun yangi nominatsiya kiritdi
Bunda ko‘tarilgan mavzu muhim va dolzarb bo‘lishi, til me’yorlari, etika qoidalariga qat’iy amal qilish, multimediya fayllarining sifati hamda miqdori hamda axborotning naqadar aniqligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Oliy ta’lim tizimi islohotlarini yoritib borgan eng yaxshi bloger taqdirlanadi
Blogerlar chempionati homiylari soni yana bittaga ko‘paydi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chempionat doirasida «Oliy ta’lim tizimi islohotlarini yoritib borgan eng yaxshi bloger» nominatsiyasini joriy qildi.
Adliya vazirligi «Huquqiy mavzuni eng yaxshi yoritgan bloger»ni taqdirlaydi
Blogerlar chempionati homiylari soni yana bittaga ko‘paydi. Adliya vazirligi chempionat doirasida «Huquqiy mavzuni eng yaxshi yoritgan bloger» nominatsiyasini joriy qildi.
Blogerlar chempionatining birinchi bosqichi yakunlanishiga 4 kun qoldi
Shu yilning 12 aprelida O‘zbekiston blogerlari chempionatiga start berilgan edi. O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashabbusi bilan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan chempionat qizg‘in davom etmoqda.
Blogerlar chempionatiga uch yuzinchi blogpost kelib tushdi
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda yurtimizdagi bir qator nufuzli vazirlik va idoralar hamkorligida o‘tkazilayotgan tanlov tobora qizg‘in tus olmoqda.
Blogerlar chempionatining birinchi bosqichi yakunlanishiga 10 kun qoldi
Maxsus platformada tashkillashtirilgan chempionatga shu paytgacha ikkita kam 300ta blogpost kelib tushgan bo‘lsa, ularga o‘quvchilar tomonidan 1100dan ziyod izoh yozib qoldirilgan.
Blogerlar chempionatining muddati uzaytirildi
Unga ko‘ra 1-bosqich uchun ijodiy ishlar 20-maygacha Qabul qilinadi. Qolgan bosqichlarning muddatlari ham o‘zgardi. Ikkinchi bosqich 22–31-mayda, final bosqichi esa 2–12-iyunda bo‘lib o‘tadi.
Blogerlar chempionatiga yuzinchi blogpost kelib tushdi
Mazkur tanlovga qiziqish kundan-kunga ortyapti. Bugun tanlovning yubiley — 100-blogposti kelib tushdi. Aytish joizki, mukofot jamg‘armasidan tashqari juda ko‘plab nominatsiyalar bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar qiziqarli blogpost egalarini kutmoqda.
Innovatsiya vazirligidan Blogerlar chempionati uchun yangi nominatsiya
Innovatsion rivojlanish vazirligi chempionat doirasida «Alternativ energiya manbalaridan foydalanishni eng yaxshi targ‘ib qilgan bloger» nominatsiyasini joriy qildi.
Xalq ta’limi vazirligi Blogerlar chempionati uchun yana bir nominatsiya joriy qildi
2018 yilning 12 aprel kuni start olgan Blogerlar chempionati homiylari soni yana bittaga ko‘paydi. Xalq ta’limi vazirligi chempionat doirasida «Xalq ta’limi tizimidagi muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan eng yaxshi blogpost» nominatsiyasini joriy qildi.