«Hayotdan noliydigan malayziyalikni uchratmadim». Kuala-Lumpurda marketing menejeri bo‘lib ishlayotgan Azamat Yaxshiboyev bilan suhbat
«Xorijdagi vatandoshlar» loyihasi orqali dunyoning turli nuqtalaridagi hamyurtlarimiz bilan intervyular uyushtirishda davom etamiz. Navbatdagi suhbatdoshimiz Osiyoning eng yirik turistik o‘lkalaridan biri Malayziyada mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshimiz Azamat Yaxshiboyev.