
O‘zbekistonning Axborot kodeksi qabul qilinadi – loyiha
Prezidentning Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan Milliy strategiyasini tasdiqlashga doir farmoni loyihasiga ko‘ra, AOKA hamda tegishli vazirlik va idoralar, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda fuqarolik jamiyati institutlari joriy yilning dekabriga qadar Axborot kodeksi loyihasini belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritishlari lozim.