
O‘zbekni «fuqaro» deb emas, «bek», «beka» deb chaqirsak yarashadimi?
Qozoqlar – azamat, tojiklar – shahrvand, qirg‘izlar – joron deb atasa o‘zlarini. Zamaxshariy, Buxoriy, Termiziy, Temuriylar, Navoiy avlodlari bo‘lgan o‘zbeklar o‘zimizga «faqir» (yo‘qsil)likni ep ko‘rishimiz yaxshimi? Albatta, yo‘q!

Qozog‘istonda qozoq tiliga oid 21 ming Atama tasdiqlandi
«Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi qozoq tilidagi 21 ming atamani tasdiqladi», – deydi vazir Aristanbek Muhamediuli bugun Senatda o‘tkazilgan yig‘ilishda.