
Abduqodir Husanov Prezidentga «Manchester Siti» libosini sovg‘a qildi
Prezident bilan uchrashuvda Abduqodirga otasi Hikmat Hoshimov hamrohlik qilgan.

Abduqodir Husanov APLning eng qimmatlashgan futbolchilari beshligiga kirdi
Abduqodirning transfer qiymatiga 23 mln yevro qo‘shilib, hozirda 35 mln yevroni tashkil etmoqda.

«Manchester Siti» durang o‘ynadi, Husanov hisobiga avtogol yozildi
Raqib futbolchisining zarbasi unga tegib darvoza to‘riga borib tushdi.

Husanov oyning eng yaxshi futbolchisi — muxlislar qanday fikrda?
Kecha, 6 mart kuni «Manchester Siti» jamoasi fevral oyining eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi va o‘zbekistonlik sportchi Abduqodir Husanov ushbu nominatsiyada g‘olib bo‘ldi.

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
U bir oy ichida yorqin o‘yinlar o‘tkazdi.

«Manchester Siti»ning Angliya kubogidagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Angliya kubogi chorak finaliga qur’a tashlandi: «Manchester Siti» safarda o‘ynaydi.

«Manchester Siti» o‘z maydonida «Liverpul»dan mag‘lubiyatga uchradi
Angliya Premer-ligasi 26-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Liverpul»ga qarshi o‘ynadi va 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Muhammad Salax ushbu uchrashuvning 14-daqiqasida hisobni ochdi va 36-daqiqada Soboslaiga gol urish imkoniyatini yaratib berdi.

YChL. «Real» va «PSJ»da ishonchli g‘alaba, «Yuventus»da kutilmagan natija
Yevropa Chempionlar Ligasi o‘tish bosqichida javob o‘yinlari yakunlandi.

Husanov «Man Siti»ning eng yaxshi uch futbolchisi qatoriga kirdi
Ikkinchi taymda maydonda o‘zini ko‘rsatgan Abduqodir Husanov uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri deb topildi.

Angliya kubogi. Husanov gol urdi, «Manchester Siti» 1/8 finalga yo‘l oldi
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan o‘zbekistonlik himoyachi kutilmaganda o‘yinda burilish yasadi.

Abduqodir elchi bilan uchrashdi
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov «Manchester Siti»ning yangi o‘zbekistonlik o‘yinchisi Abduqodir Husanov bilan elchixonada uchrashdi.

Abduqodir, Gvardiola va ingliz tili
Pep Gvardiola jamoaning yangi futbolchisi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirganida bir necha bor uning ingliz tilini yaxshi bilmasligiga urg‘u berdi.

Abduqodir Husanov bugun «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi
Ilk bor o‘zbekistonlik futbolchi Angliya premer-ligasida to‘p suradi.

Abduqodir Husanov «Man Siti»da qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da o‘ziga raqam tanladi.

Abduqodir Husanovning APL klubiga o‘tishi aniq bo‘ldi
U APLda o‘ynaydigan ilk o‘zbekistonlikka aylanadi.

«ManSiti» Abduqodir Husanov uchun 30 mln yevrodan ko‘proq to‘lashga tayyor – manba
Angliyaning «Manchester Siti» klubi Fransiyaning «Lans» klubining o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Xusanov bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda, deb xabar beryapti «Sports» jurnalist Ben Jeykobsga tayanib.

Abduqodir Husanov Fransiya chempionati 1-davrasi ramziy jamoasiga kiritildi
Eng yaxshi himoyachilar to‘rtligida Husanovdan boshqalar faqat «PSJ» futbolchilari: Ashraf Hakimi, Villian Pacho va Nunu Mendesh.

Abduqodir Husanov «PSJ»ga qarshi bahsda o‘zini ko‘rsatdi, ammo...
Fransiya Kubogining 1/32 finalida o‘zbekistonlik Abduqodir Husanov to‘p suradigan «Lans» klubi «PSJ»ga qarshi bahs olib bordi.

Abduqodir Husanovga grand klublar qiziqmoqda. Transferga jiddiy shaxs aralashgan
Avvalroq APL klublari «Lans» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovga qiziqayotgani haqida xabar qilingandi.

Abduqodir Husanov ikki o‘yinga chetlashtirildi
«Lans» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov jamoasining keyingi ikkita o‘yinida yordam bera olmaydi.