Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zidan, Lempard, Slutskiy — qaysi biri munosib?

Zidan, Lempard, Slutskiy — qaysi biri munosib?

Foto: «THISDAYLIVE»

Mauritsio Sarri ishdan bo‘shatilsa, uning «Chelsi»dagi o‘rnini rossiyalik mutaxassis Leonid Slutskiy egallashi mumkin. Bu haqda «The Independent» nashri yozmoqda.

Londonga ishga chaqirilayotgan yolg‘iz Slutskiy emas — bir paytlar «aristokratlar» libosida porlagan Frenk Lempard, hech bir ta’rif shart bo‘lmagan Zayniddin Zidan ham bor.

Angliya ommaviy axborot vositalari «Chelsi» 24-fevralga belgilangan Liga kubogi finalida «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berib qo‘ysa, bosh murabbiyini iste’foga chiqarishi haqida xabar bergandi.

Garchi «eng nomsiz» nomzod bo‘lsa-da, Slutskiyning imkoniyatlari chakki emas: «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich uning qadrdon do‘sti.

«Chelsi» fanatlariga esa ko‘proq Frenk Lempard yoqadi: u hozir chempionshipdagi «Derbi Kaunti»ni boshqarmoqda.

Zayniddin Zidan esa «Real» (Madrid) bilan Chempionlar ligasida nima ishlar qilganini muxlislar hali unutgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Leonid Slutskiy ayni paytda boshqarayotgan «Vitess» Gollandiya chempionatida 5-o‘rinda ketyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring