Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zayniddin Zidanning ikki sharti

Zayniddin Zidanning ikki sharti

Foto: «Sportbox»

Muammolar girdobida qolgan «Chelsi»ni o‘nglash oson kechmayapti. Antonio Kontening o‘rniga kelgan vatandoshi Mauritsio Sarri bir qarashda jamoani «botqoq»dan sug‘urib olayotgandek edi. Ammo Gvardiola, «Manchester Siti», oltita gol, xullas, yana hammasini boshdan boshlashga to‘g‘ri keladi, shekilli...

Angliya Premer-ligasining 26-turida Manchesterda mehmon bo‘lgan «aristokratlar» o‘z darvozalaridan naq oltita to‘p olib chiqishga majbur etildi. Kamiga o‘yindan so‘ng Sarri Gvardiolaning qo‘lini siqib tabriklab qo‘yishni o‘ziga ep ko‘rmadiki, bu uning klubdagi sha’ni va obro‘sini bir tiyin qildi.

Murabbiylarga murosasizligi bilan nom chiqargan «Chelsi» rahbariyatining fikri 180 darajaga o‘zgarishi uchun shuning o‘zi kifoya edi, endi ularning ko‘ziga Zidan «yaxshiroq» ko‘rina boshladi.


Mavzu doirasida

Zidan sobiq jamoasiga qaytishi mumkin


«The Sun» yozishicha, Zidan o‘zining ikki talabi qondirilgan taqdirdagina «Chelsi»ni boshqarishga rozi bo‘ladi.

Birinchidan, boshqa, yanada omadliroq klubga ketishga oshiqayotgan Azar hech qayoqqa ketkazilmaydi, ikkinchidan, yozgi transfer uchun kamida 220 million yevro ajratiladi. Hozir «Chelsi» har doimgidan-da «yangi qon»ga muhtoj.

Zidan bilan muzokaralar Manchesterdagi «mehmondo‘stlik»dan so‘ng boshlab yuborilgan. Zidan esa 2018-yil yozida o‘z xohishi bilan «Real» (Madrid)dan ketganidan beri «ishsiz» yuribdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring