«Yuventus» idoralarida tintuv boshlandi
«Yuventus» futbol jamoasining Turin va Milandagi idoralarida ayni paytda tintuv o‘tkazilmoqda. Bu haqda mahalliy nashrlar ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli va vitse-prezident Pavel Nedved 50 mln. yevro miqdorida yolg‘on moliyaviy hisobot berganlikda gumonlanib, tergovga olingan.
Bu ikkisidan tashqari sobiq sport direktori Fabio Paratichi va jamoa tijoriy bo‘limining 3 xodimi ham gumon ostida turibdi. Tergov ishlari so‘nggi 3 ta mavsumdagi moliyaviy hisobotlarni tekshirish bilan o‘tyapti.
Avvalroq Italiya federal prokuraturasi A seriyadagi 62 ta shubhali transfer bo‘yicha ish ochgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, «Yuventus» klubi 21 futbolchini 90 mln. yevroga sotib olishgan, lekin transferlarning haqiqiy bahosi 3 mln. yevrodan sal oshadi xolos.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter