«Yuventus» futbolchisida koronavirus aniqlandi

Italiyaning «Yuventus» klubi himoyachisi Daniele Rugani koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda Turin klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, tibbiy tekshiruvlar natijasida Rugani COVID-19 koronavirusiga chalingani aniqlangan. Klub futbolchini karantinga olib, davolashni boshlagan. Futbolchi bilan yaqin aloqada bo‘lgan klubning boshqa a’zolari ham alohida ro‘yxatga olingan. Ehtiyot chorasi sifatida barcha futbolchilar tibbiy nazoratdan o‘tkaziladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusdan kasallanganlar soni 12 mingda ming nafardan oshgan. 820 nafardan ortiq kishi vafot etgan. Mamlakatda barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan, futbol o‘yinlari ham qoldirilgan.
Ushbu kasallikni dunyoning mashhur insonlari ham yuqtirib olayotgani haqida xabarlar ko‘paymoqda. Biroz avvalroq amerikalik kinoaktyor Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson koronavirus bilan kasallangani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter