«Yuventus» — futbol mafiyasi qurboni bo‘ldimi? Penalti haqida kim qanday fikrda?
«Real» – «Yuventus» bahsidagi penalti ko‘pchilik tomonidan turlicha qabul qilindi. Keling, ularga quloq tutamiz.
Ronaldu: «Qarshi chiqishganiga tushunmadim, Lukasni ortidan turtib yubordi, aks holda u gol urardi».
Benatiya: «Vaskesdan ilgarilab ketdim va to‘pga o‘ynadim. Oyog‘imga tegib to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Vaskes shunchaki yiqildi. O‘sha vaziyatda u boshqa narsa qila olmasdi. Biz vaziyat qurboniga aylandik».
Vaskes: «Shubhasiz, penalti bor edi. Hujumni yakunlamoqchi bo‘lganimda himoyachi meni ortimdan turtib yubordi».
Kellini: «Kimdir hayron qoldimi? O‘tgan yili «Bavariya» ana shunday holatga tushgan edi. Endi biz...».
Zidan: «O‘sha vaziyatni qo‘rmay qoldim. Menga penalti bo‘ldi deyishdi. Hakam belgiladimi, uni o‘zgartira olmaymiz».
Allegri: «Hakam qarorini muhokama qilishni xohlamayman. Futbolchilarimga achinaman, xolos».
Buffon: «Referi butun jamoa kuchini arzimagan vaziyat bilan yo‘qqa chiqardi. U jamoani turnirdan bunday holatda chiqarib yubormasligi kerak edi. Uning ko‘kragida yurak bo‘lishi kerak, chiqindi qutisi emas! Bu 10 foiz ham penalti emas edi».
Anelli («Yuventus» prezidenti): «UYeFA malakali hakamlar va VAR tizimidan foydalanishi kerak. Arbitr nazoratni butkul qo‘ldan chiqardi. U haqiqiy holatni ko‘rganida, hammadan ko‘proq xafa bo‘lishi turgan gap».
Itturalde (ispaniyalik sobiq hakam): «Ortdan tegib ketish bu penalti uchun asos bo‘lmaydi. Bu qoida buzilishi emas!».
Chilavert (paragvaylik sobiq darvozabon): «Futbol mafiyasi «Yuventus»ni o‘yindan chiqarib yubordi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter