Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

U20 jahon chempionati jonli efirda translyasiya qilinadi

U20 jahon chempionati jonli efirda translyasiya qilinadi

UZREPORT TV futbol bo‘yicha U20 jahon chempionatini jonli efirda translyasiya qiladi.

Telekanal 20 maydan 11 iyungacha Argentinada bo‘lib o‘tadigan U20 jahon chempionatini translyasiya qilish bo‘yicha eksklyuziv huquqini qo‘lga kiritgan.

Turnir Santiago Del-Estero, San-Xuan, La-Plata hamda Mendoza shaharlarida o‘tkaziladi. Ravshan Haydarov murabbiyligidagi Osiyo chempionlari guruh bosqichida mezbon Argentina, shuningdek, Gvatemala va Yangi Zelandiya yoshlari bilan o‘ynaydi.

E’tiborlisi, U20 terma jamoamiz JChning ochilish o‘yinida Argentinaga qarshi bahs bilan boshlaydi. O‘yin 21 may kuni Toshkent vaqti bilan tungi 02:00 da start oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring