Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh futbolchi varrak uchirayotib halok bo‘ldi

Yosh futbolchi varrak uchirayotib halok bo‘ldi

Foto: «@independentelimeira»

Braziliyaning «Independente» klubi futbolchisi Kayo Silva San-Pauluda varrak uchirayotgan vaqtda tok zarbidan halok bo‘ldi. Bu haqda «The Sun» xabar berdi.

21 yoshli futbolchining varragi elektr tarmog‘iga tegib ketgan. Oqibatda sportchi tok zarbidan halok bo‘lgan. Klub futbolchining vafoti munosabati bilan uning qarindoshlariga hamdardlik bildirdi.

Silva Braziliya chempionatining to‘rtinchi divizionida «Independente» sharafini himoya qilardi. Futbolchi chap qanot himoyachisi pozitsiyasida to‘p surgan.

22 ta o‘yinda olti marta darvozani ishg‘ol qilgan. U jarima zarbalari ustasi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring