Yarim finalda dastlab ringga ko‘tarilgan ikki bokschimiz mag‘lub bo‘ldi

Osiyo chempionatining yarim finaliga qadar yetib kelgan 10 nafar bokschimizdan dastlab ringga ko‘tarilgan ikki nafari mag‘lubiyatga uchradi.
Yoshlar o‘rtasida jahon chempioni Shahzod Muzaffarov (-54 kg) kattalar o‘rtasida o‘zi qatnashgan ilk turnir yarim finalida qozog‘istonlik Mahmud Sobirxonga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
-60 kg vazn toifasida jang qilgan Adhamjon Muhiddinov esa mo‘g‘ulistonlik Bayarxu Buyandalayga yutqazdi.
Har ikki bokschimiz Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter