Otabek Umarov yangi lavozimni egalladi
Bir necha kun avval Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi va Aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasi rahbarligi lavozimlaridan iste’foga chiqqani xabar qilingandi.
«Olamsport»ning xabar berishicha, bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida yig‘ilish tashkil etilgan.
Unda Otabek Umarov assotsiatsiya raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylangan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov assotsiatsiya raisi sifatida e’lon qilingandi.
Kecha esa aralash yakkakurash ustalari ijtimoiy tarmoqlarda Otabek Umarovni assotsiatsiyada faoliyatini davom ettirishini so‘rab murojaat qilishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter