Yana bir bokschimiz yaponiyalikka yutqazib qo‘ydi
Belgrad shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtlarimizning bugungi ishtiroki boshlandi. Dastlab -67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ringga ko‘tarildi.
Yaponiyalik Sevonrets Okazavaga qarshi bahsda vakilimiz mag‘lubiyatga uchradi va turnirni tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Shahobiddin Zoirov ham yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter