Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushxabar. Qatar — O‘zbekiston o‘yini «Sport» telekanalida jonli namoyish etiladi

Xushxabar. Qatar — O‘zbekiston o‘yini «Sport» telekanalida jonli namoyish etiladi

Foto: «ufa.uz»

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun «B» guruhida Qatarga qarshi to‘p surishi haqida xabar qilgan edik.

Futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidovning ma’lum qilishicha, mazkur bahs bugun soat 17 00dan boshlab «Sport» telekanalida jonli efirga uzatiladi.

Osiyo o‘yinlari. Futbol
2-tur. 16 avgust, soat 17:00
Qatar — O‘zbekiston
Jakarta. Stadion «Pakansari»
 
Ma’lum bo‘lishicha, «Sport» telekanali rahbariyati Indoneziyada olib borgan muzokara natijasida Osiyo o‘yinlari translyasiya huquqi qo‘lga kiritilgan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston OTJning Bangladesh terma jamoasiga qarshi dastlabki o‘yini telekanallarimiz orqali namoyish etilmagandi. Bu esa futbol muxlislari e’tiroziga sabab bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring