Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XOQ: Tokio-2020 qoldirilmaydi

XOQ: Tokio-2020 qoldirilmaydi

Ayni paytda butun dunyoda keng tarqalib borayotgan koronavirus epidemiyasi sabab ko‘plab sport, madaniy tadbirlar bekor qilinmoqda. Bu yilning eng yirik sport musobaqalaridan biri, shubhasiz, iyul-avgust oylarida o‘tadigan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlaridir. Bir qator xorijiy OAVda bo‘lajak Olimpiadaning qoldirilishi bo‘yicha xabarlar, muhokamalar keng avj olayotgan bir paytda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) bu borada rasmiy bayonot bergani xabar qilindi.

Unga ko‘ra, bo‘lajak Olimpiya o‘yinlari belgilangan sanada o‘tkaziladi. Faqat bunda tashkiliy qo‘mita 2 ta eng muhim shartga amal qiladi:

  1. Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan har bir sportchi, delegatsiya a’zolarining xavfsizligini ta’minlash;
  2. Olimpiya sport turlari va atletlar manfaatini himoya qilish.

Ayni paytga kelib musobaqaning 57 foiz yo‘llanmalari o‘z egalarini topib bo‘lgan. Qolgan 43 foiz litsenziyalar taqsimoti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Qo‘lga kiritilgan kvotalar MOQ va sportchilar hisobida qoladi.
  2. Rejalashtirilgan kvalifikatsion turnirlar har bir jamoa va sportchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yuzaga kelganida adolatli amalga oshiriladi.
  3. Saralash tizimidagi har qanday o‘zgarishlar quyidagilarga asoslanadi:

– Shu vaqtgacha bo‘lgan natijalar (avvalgi ko‘rsatkichlar, milliy federatsiyalar reytingi va hokazo);
– Mavjud tanlov tamoyillari (kontinental va mintaqaviy musobaqalar, qo‘lga kiritilgan reytinglar va boshqalar). Qolgan kvotalar istisno holatlarida Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasining ko‘rib chiqishi bilan taqsimlanishi mumkin.

Yuqorida keltirib o‘tilgan tamoyillarga muvofiq milliy federatsiyalar har bir sport turining saralash tizimidagi kamchiliklari bo‘yicha alohida takliflar kiritishi mumkin. Har qaysi o‘zgarishlar (har bir sport turi uchun) 2020 yil aprel oyining boshigacha e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring