Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xayr, Yevropa!»: Dani Alves «San-Paulu»ga o‘tdi

«Xayr, Yevropa!»: Dani Alves «San-Paulu»ga o‘tdi

Foto: «Football.ua»

Dunyodagi eng sovrindor futbolchi — Dani Alves Ispaniya La-Ligasida shakllandi: «Sevilya» yoshlar jamoasida 5 mavsumni o‘tkazdi. «Barselona»ga 2008-yili o‘tib, qolgan 8 mavsumni shu jamoaga bag‘ishladi. 8 mavsumda 14 gol va 57 ta golli uzatma hamda juda ko‘p sovrinlar.

2016-yili texnikasi yuqori yoshi ulug‘ himoyachilari bilan azaldan nom chiqargan «Yuventus»ga o‘tdi.

Ammo «byankonerri»lar tarkibida ko‘p qolib ketmadi. Chempionlar ligasi finalchisi, Italiya chempioni va kubogi sohibi xizmatiga bir yo‘la «PSJ» va «Manchester Siti» qiziqish bildirdi, ammo Alves kimsan Xosep Gvardiolaning taklifini yerda qoldirib, «PSJ»ni tanladi.

Alvesni ham tushunish kerak, 34 ni urib qo‘ygandi, APL sur’atiga dosh berolmasligini anglagan, «parijliklar» bilan uy chempionligi deyarli hal edi-da...

Mana endi ish bitdi: Dani Alves bilan 2019-yil yozigacha shartnoma tuzgan «PSJ» shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.

Alves «Yuventus»ga qaytmoqchi degan gaplar urchib ketgach, turin klubi ham, futbolchi ham yolg‘on axborot deyishdi.

Amerika kubogi sohibi karerasini vatanida tugatishni istadi, shekilli, «San-Paulu»ni tanladi.

Shartnoma 3,5 yilga tuzilgani, Dani Alvesga 10 raqami berilgani aytilgan.

Daniel (Dani) Alvesfutbol tarixidagi eng svorindor o‘yinchi. Faoliyati davomida 40 ta sovrin, shundan 36 tasini klublar bilan qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring