Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavi nima uchun Qarshiga kelmagani ma’lum bo‘ldi

Xavi nima uchun Qarshiga kelmagani ma’lum bo‘ldi

Foto: Eurosport

Ertaga Qarshi shahrida OChL 3-turi doirasida «Nasaf» Qatarning «As Sadd» klubini qabul qiladi.

Qatar klubi Qarshiga kecha charter reys bilan uchib keldi. Delegatsiya orasida jamoa sardori afsonaviy futbolchi Xavi yo‘q.

Ma’lum bo‘lishicha, payshanba kuni Qatar chempionati doirasida «Az Zuhayl» bilan uchrashuvda Xavi oyog‘ining orqa mushagidan jarohat olgan.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Xavi oyog‘ining mushaklarida og‘riq sezgan va uning o‘rniga Akrom Afif maydonga tushirilgan. Keyinchalik futbolchi klub shifokorlari yordamida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va uning mushaklarida jiddiy jarohat borligi aniqlandi. Uning to‘liq safga qaytishi uchun 3 hafta vaqt kerak bo‘ladi.

«As Sadd» matbuot xizmati Xavining oyog‘iga qon aylanishni yaxshilovchi va oyoq mushaklarini massaj qiluvchi maxsus moslama qo‘yilayotgan suratlarni chop etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring