Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavi Messining «Oltin to‘p»i haqida fikr bildirdi

Xavi Messining «Oltin to‘p»i haqida fikr bildirdi

«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Xavi yaqinda «Oltin to‘p»ga ega chiqqan Lionel Messining ushbu sovrinni olgani haqida fikr bildirdi.

«Lionel Messining g‘alabasi — adolatli qaror. Balki boshqa futbolchilar ham bunga loyiq deb o‘ylashimiz mumkin, lekin konvert ochilgan payt Lionel Messi g‘olib deb e’lon qilinishi adolatlidir. Futbol rivojlanyapti, ehtimol 30 yillardan keyin Messidan zo‘ri chiqar, lekin ayni paytda Lionel futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi», deyiladi Xavi intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Messi o‘zining yettinchi «Oltin to‘p»ini qo‘lga kiritib, futbol tarixiga kirgandi. Bir qator mashhur futbolchilar va mutaxassislar Messining bu sovrini haqida o‘z fikrlarini aytishgan.

Xavi esa yaqinda «Barselona» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring