Ramos «Real» bilan xayrlashdi
![Ramos «Real» bilan xayrlashdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_3498971415.jpg)
«Qirollik klubi» yarimhimoyachisi Serxio Ramos klub bilan xayrlashdi.
Bunga Ramosning «Real»dagi shartnoma muddati tugagani hamda uni davom etirrish borasida kelishuvga erishilmagani sabab bo‘ldi.
Hozirda futbolchiga Angliyaning «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» hamda Fransiyaning «PSJ» jamoalari Ramosning xizmatlariga qiziqish bildirishmoqda. Himoyachining o‘zi 12 mln. maosh beradigan har qanday jamoa tarkibiga qo‘shilishga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2005 yili «Real» tarkibiga qo‘shilgan Ramos 671 ta o‘yinda 101 ta golga mualliflik qilgan. Bundan tashqari Serxio Ramos «Real Madrid» klubi bilan ikki bor Ispaniya chempionligi va to‘rt bor kubokni, 4 bor Chempionlar Ligasini, 3 marta UEFA superkubogini hamda 4 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter