Vadim Abramov «Bunyodkor»dan ketmaydi
Bugun, 23-sentyabr kuni Vadim Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Yil boshidan buyon «Bunyodkor» jamoasini boshqarib kelayotgan tajribali mutaxassis qisqa vaqt ichida «qaldirg‘ochlar» bilan e’tiborga molik natijalarga erishdi.
«Superliganing 20-turidan keyin jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turishi, O‘zbekiston Kubogi bahslarida yarim finalga qadar yetib kelishi so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Vaholanki, jamoaning bugungi kundagi tarkibidan asosan akademiya tarbiyalanuvchilari joy olgan», deb xabar berdi «Bunyodkor» klubi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Vadim Abramov shartnomaga ko‘ra, yil oxiriga qadar «Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritadi. Ya’ni, bir vaqtning o‘zida ham milliy terma jamoa ham «Bunyodkor» bosh murabbiyi bo‘lib ishlaydi. Yil yakunida natijalarga qarab, klubdagi faoliyatini davom ettirish-ettirmasligi ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter