Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzoq tanaffusdan so‘ng o‘zbek dzyudochisi jahon reytingi yetakchisiga aylandi

Uzoq tanaffusdan so‘ng o‘zbek dzyudochisi jahon reytingi yetakchisiga aylandi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda -90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Davlat Bobonov birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Joriy yil Bobonov uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Jahon chempionatidagi kumush, Olimpiya o‘yinlaridagi bronza medali uni bugunga kelib o‘z vaznining yetakchisiga aylanib olishida katta zamin yaratdi. Qayd etish joiz, so‘nggi bo‘lib taniqli dzyudochimiz Rishod Sobirov London-2012 Olimpiadasidan avval -60 kg vaznda birinchi o‘rinda qayd etilgan edi.

Batafsil:

-60 kg:

  1. Yago Abuladze (Rossiya) – 4841 ochko
  2. Kemran Nurillayev – 1928 ochko

-66 kg:

  1. An Baul (Janubiy Koreya) – 5603 ochko
  2. Sardor Nurullayev – 3569 ochko

-73 kg:

  1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 5175 ochko
  2. Hikmatilloh To‘rayev – 2879 ochko

-81 kg:

  1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 6692 ochko
  2. Sharofiddin Boltaboyev – 4436

-90 kg:

  1. Davlat Bobonov (O‘zbekiston) – 6004 ochko
  2. Shermuhammad Jandreyev – 1140 ochko

-100 kg:

  1. Arman Adamyan (Rossiya) – 5524 ochko
  2. Muhammadkarim Xurramov – 3015 ochko

+100 kg:

  1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) – 5900 ochko
  2. Alisher Yusupov – 1833 ochko
  3. Bekmurod Oltiboyev – 1487 ochko
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring