Uyda qolib, sport bilan shug‘ullanganlar chellenjida g‘oliblar ma’lum bo‘ldi

Yurtdoshlarimiz orasida katta qiziqish uyg‘otgan #uydaqol #hayotgaqo‘shil #sportchallenge chellenjining ikkinchi fasli ham qizg‘in davom etmoqda. Bugun ushbu tanlovning ikkinchi fasl 1-turiga yakun yasaldi.
28 apreldan 3 maygacha davom etgan chellenjning 1-turiga yurtdoshlarimiz tomonidan mingga yaqin videomaterial kelib tushdi. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, tanlovda bu safar g‘oliblar quyidagicha ko‘rinish oldi.
1-o‘rin: Toshkent shahri Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi Uzakbergenovlar oilasi;
2-o‘rin: Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi Hotamqulovlar oilasi;
3-o‘ringa biryo‘la ikkita videorolik loyiq ko‘rildi. Bular - O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi a’zosi, qashqadaryolik Ubaydullo Imomqulov hamda chellenjda o‘ziga xos yondashuv bilan qatnashgan Namangan shahar 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi jamoasi.
Aziz yurtdoshlar, #uydaqol #hayotgaqo‘shil #sportchallenge chellenjining ikkinchi fasli yakun topishiga sanoqli kunlar qoldi. Shunday ekan, tanlovda ishtirok etishga shoshiling. Axir karantinda sovg‘a olish naqadar yoqimli.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter