Urugvay terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi eng kuchli tarkib bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda (video)
Urugvay terma jamoasi shu kunlarda 14-iyun kuni Rossiyada boshlanadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Yana sanoqli kunlardan so‘ng O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda maydonga tushadigan Oskar Tabares shogirdlari mashg‘ulotlar o‘tkazyapti.
Urugvay futbol federatsiyasi rasmiy sayti e’lon videoda Urugvay terma jamoasining eng kuchli futbolchilarini uchratish mumkin. Ular orasida «Barselona» hujumchisi Luis Suares va «PSJ» to‘purari Edenson Kavani ham bor. Ayrim xabarlarga ko‘ra, darvozabon Fernando Muslero qo‘lidan olgan jarohat tufayli O‘zbekistonga qarshi o‘ynamasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Urugvay terma jamoasi jahon chempionatida «A» guruhidan joy olgan. Ular Rossiya, Misr va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Urugvay va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 8-iyun kuni mahalliy vaqt bilan 20:00da «Centenario» stadionida boshlanadi. «Sport» telekanali mazkur o‘yinning translyasiyasi haqida hozircha ma’lumot bergani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter